"E-Resurs" avtomatlashtirilgan axborot tizimi : (ID: 2132)

I.  General information

  Organization“Ўзбекистон телекоммуникация тармоқларини бошқариш республика маркази” ДУК
  Full name of the project "E-Resurs" avtomatlashtirilgan axborot tizimi
  Short name of the project E-Resurs
  Brief description of the project Tizimning maqsadi telekommunikatsiya tarmoqlari bilan bog'liq ma'lumotlarni qayta ishlash faoliyatini avtomatlashtirishdir. Tizim telekommunikatsiya tarmoqlarini yig'ish, qayta ishlash va boshqarishni amalga oshiruvchi platforma bo'lishi kerak. U telekommunikatsiya resurslarining ishonchli ishlashini ta'minlash, ularni markazlashtirilgan va samarali foydalanishini ta'minlash, shuningdek, aholini, xalq xo'jaligi obyektlarini va davlat boshqaruvi organlarini zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari bilan uzluksiz ta'minlash uchun sharoitlar yaratishi zarur. Loyiha, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish maqsadida yangi texnologiyalarni joriy etishni ko‘zda tutadi.
  Project type Information system
  Interdepartmental information system/resource No
  Uses personal data No
  The system/resource already exists and working No
Legal address of the organization

Address1:   “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi 100019, Toshkent sh. Olmazor tumani, Sebzor dahasi 18 “А” uy.

Responsible persons for the implementation of the project

Fullname: Meliboyev Sherzod Baxtiyorovich

Phone number: 712407227

Email: sh.meliboyev@rtmc.uz

The basis for creation, improvement

Regulatory legal act name: “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasining telekommunikatsiy tarmoqlarini boshqarishda avtomatlashtirish tizimini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish to‘g‘risidagi Bayonnomasi

Regulatory legal act number: 1-son ,   15.08.2024

Purpose, objectives and scope of application

Goals: 1. Hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash: - Barcha kirish va chiqish hujjatlarini markazlashtirilgan holda saqlashni ta’minlash. Loyihani to‘liq ishga tushirish va mavjud tizimlardan ma’lumotlarni uzatish orqali tizimdagi barcha hujjatlarning 100% mavjudligini ta’minlash: • An’anaviy jarayonlarni 55% qisqartirish; • vaqtni 35% tejash; • qog‘oz sarfini 100% tejash; • oflayndan onlayn rejimga o‘tish; • inson omilini 43% qisqartirish; • moliyaviy xarajatlarni 100% qisqartirish; • ortiqcha ish yuklamalarini 54% qisqartirish. 2. Texnologik ergonomika: - Abonentlar bilan ishlash jarayonining texnologik ergonomikasini va samaradorligini oshirish. 3. Yagona ombor: - Abonent hisoblari, hisoblarni o‘zgartirish tarixi va boshqa ma’lumotlar uchun yagona omborni yaratish va VEB interfeys orqali markazlashtirilgan kirishni ta’minlash. 4. Yagona reestr: - Mavjud xizmat segmentlari bo‘yicha respublika bo‘yicha yagona reestrni yuritish. 5. Monitoring va hisobotlar: - Real vaqt rejimida tizimli va shaffof monitoring, vaziyatni tahlil qilish va tegishli hisobotlar va shakllarini shakllantirish. 6. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash: - Abonentlarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, mehnat va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish. 7. Samaradorlikni oshirish: - Samaradorlikni oshirish va asosiy faoliyatni amalga oshirish nuqtai nazaridan muntazam operatsiyalar uchun mehnat xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha shart-sharoitlarni yaratish. 8. Loyiha-texnik hujjatlar: - Tizimning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda mutasaddi vazirlik va idoralardan ekspertizadan o‘tkazish. 9. Tanlov va shartnoma: - Qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov e’lon qilish va Tizimni ishlab chiquvchi tashkilotni aniqlab, shartnoma imzolash choralari ko‘rish. 10. Nazorat va ishchi guruh: - Tizimni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlarini nazoratga olish, tizimni qabul qilish bo‘yicha markaz malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhni tashkil qilish.

Tasks: Tizimning vazifasi — telekommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq ma’lumotlarni qayta ishlash faoliyatini avtomatlashtirish. Tizim, telekommunikatsiya tarmoqlarini yig‘ish, qayta ishlash va boshqarish, telekommunikatsiya resurslarining ishonchli ishlashini ta’minlash, ularning markazlashtirilgan va samarali foydalanishini ta’minlash, shuningdek, aholiga, iqtisodiyot ob'ektlariga va davlat boshqaruvi organlariga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini uzluksiz taqdim etish shartlarini yaratishi kerak. - Tizimning ishlashi uchun hisoblash muhitini yaratish; - Tizim maqsadlariga va milliy standartlarga muvofiq jarayonlarni avtomatlashtirish kerak, bu standartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: RH 45-232:2012, RH 45-218:2010, RH 45-226:2010, RH 45-231:2012, RH 45-091:2008, RH 45-249:2013, RH 45-250:2012, RH 45-251:2013, RH 45-229:2013, O‘zDst 2959:2013, RH 45-244:2012, RH 45-260:2016, RH 45-143:2013, Q 048:2002, RH 45-259:2016, RH 45-101:2013. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: - Rejali ta’mirlash sozlash ishlari (keying o‘rinlarda - RTSI); - Rejadan tashqari ta’mirlash sozlash ishlari (keying o‘rinlarda –RTTSI); - Bir martalik shaharoaro Teleeshittirish/Radioeshittirish (keying o‘rinlarda - TE/RE) uzatmalari va o‘zaro o‘tkazish jarayonini tashkil etish (ish vaqtida); - Bir martalik RE uzatmalari uchun muvofiqlashtiruvchi telefon kanallarini tashkil etish/o‘chirish jarayoni; - Bir martalik xalqaro televizion aloqa sessiyalarini tashkil etish jarayoni; - MDH mamlakatlari Milliy boshqaruv markazi (keying o‘rinlarda – MBM)dan ta’mirlash va sozlash ishlari haqida xabardor qilish jarayoni; - Ta’mirlash va sozlash bo‘yicha rejalashtirilmagan ishlarning ro‘yxati va hisobini yuritish; - Bir martalik shaharoaro teleko‘rsatuvlarni tashkil etish (ish vaqtidan tashqari va bayram kunlari); - Oqimlar va kanallarni tashkil etish/o‘chirish jarayoni; - Umumiy foydalanish telefon tarmog‘i (keying o‘rinlarda - UFTT) uchun oqimlar, kanallarni tashkil etish/o‘chirish jarayoni; - Elektrik pasportlarining ko‘rib chiqilishi jarayoni; - Oqimlar va kanallarni tezkor tashkil etish/o‘chirish jarayoni; - Xalqaro oqimlar va kanallarni tashkil etish/o‘chirish; - barcha transport va kommutatsiya tarmoqlari uskunalarining hisobini yuritish (inventarizatsiya), ularning texnik va soz holatini nazorat qilish. - Tizim holatini monitoring qilish, uni real vaqt rejimida qayta qurish; - Transport va kommutatsiya tarmoqlarining holatini real vaqt rejimida ko‘rsatish, alohida bloklargacha; - Avariyaviy vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmog‘ini tiklash va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha nazorat; - Yuridik shaxslar bilan operatorlar tarmog‘idagi kanal va traktlar ijarasi bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, shartnomalar tuzish va yuritish; - Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan telekommunikatsiya umumiy foydalanish tarmoqlarida kanal va traktlar ijarasi bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish, shartnomalar tuzish va yuritish; - Telekommunikatsiya tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari hamda rejalashtirilgan o‘lchovlarni o‘tkazish rejalari bilan kelishish va ularning bajarilishini nazorat qilish; - MDH mamlakatlari va uzoq xorij hamda respublika hududida televizion va radioeshittirish tashkil etishda operatorlarning harakatlarini muvofiqlashtirish; - Turli formatlarda tartibga solingan va analitik hisobotlarni tayyorlash va berish. Hisobot shakllari tegishli normativ hujjatlarga muvofiq bo‘lishi; - Foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan muhim harakatlar, audit operatsiyalarni ro‘yxatga olish ma’lumotlarini saqlash. Tizimning asosiy vazifasi – Respublika bo‘ylab yagona hisob tizimini yaratish orqali telekommunikatsiya operatorlari boshqaruv tizimidan olingan ma’lumotlarni hisobga olishni avtomatlashtirish sohasida Buyurtmachi korxonasi faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat.

Implementation period according to the order

Start date: 15.08.2024

End date: 30.09.2025

II  Information about the main technical properties

  Developer of design and estimate documentation “O‘zTTBRM” DUK
List of services transferred to electronic form

1Kelayotgan arizalarni yaratish va shakllantirish hamda mavjud ma'lumotlar bazasida tekshirish; Hisobotlarni olish.

The main subsystems of the information system

1“Normativ hisobotlarni shakllantirish” va “Analitik hisobotlarni shakllantirish”

2“Telekommunikatsiya tarmoqlari resurslari ma'lumotlar bazasini yuritish”;

3“Texnik vositalarni hisobga olish”;

4“Monitoring”;

5“Operativ ma'lumotlarni taqdim etish”;

6“Telekommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya holatlarini hisobga olish”;

7“Yuridik shaxslarni hisobga olish”;

8“Raqamli resurslarni hisobga olish”;

9“Telekommunikatsiya tarmoqlarida ta'mir va sozlash ishlarini va rejalashtirilgan o‘lchovlarni hisobga olish”;

10 “Televizion va eshittirish seanslarini hisobga olish”;

11“Mavjud tizimdagi ma’lumotlarni yangi tizimga ma'lumotlarni migratsiya (konvertatsiya) qilishni ta'minlash”;

Information systems

No

Applied reference books and classifiers

1RH 45-232:2012, RH 45-218:2010, RH 45-226:2010, RH 45-231:2012, RH 45-091:2008, RH 45-249:2013, RH 45-250:2012, RH 45-251:2013, RH 45-229:2013, O’zDst 2959:2013, RH 45-244:2012, RH 45-260:2016, RH 45-143:2013, Q 048:2002, RH 45-259:2016, RH 45-101:2013.

A single identifier used in the database

1Бошқалар

III  Information about development, use and decommissioning

  Uses outsourcing services Yes
Information System Developer

Name of the developer: Autsorsing xizmatini taqdim etuvchi kompaniya tender savdolari natijasida aniqlanadi

Supporting document on the beginning and completion of the development process: “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasining "E-Resurs" axborot tizimini ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish to‘g‘risidagi 2024-yil 15-avgustdagi 1-son Bayonnomasi

  Expertise of «Cybersecurity Center» Rejaga ko'ra, axborot tizimi texnik topshiriq loyihasi "Kiberxavfsizlik markazi" DUK tomonidan ko'rib chiqiladi.

IV  Basic information about the technical indicators of server equipment

Placement of server equipment

Address: “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi 100019, Toshkent sh., Olmazor tumani Sebzor dahasi 18 "А"

Type:   Own server

Server capacity

Processor: Intel Xeon-G 6226R Kit for DL380 Gen10 (2.9GHz/16-core/22.00MB/2933 MT/s/150W)

RAM: 16 GB

PROM: 10 TB

Core: 16

Threads: 32

Operational system

1. RED HAT ENTERPRISE LINUX

Database management System

1. PostgreSQL 6.3.2

Name of the application software

1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими

Means of protection

1. Антивирусная программа

2. Тармоқлараро экран

Permanent power supply system

1. ONLINE UPS – PWR GOLD DXL 33-160

2. Generator

"E-Resurs" avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Information

Registration ID: 2132

Creation date: 21.06.2024, 10:14

Organization:  “Ўзбекистон телекоммуникация тармоқларини бошқариш республика маркази” ДУК

Responsible persons for the implementation of the project:

Fullname : Meliboyev Sherzod Baxtiyorovich

Phone number: 712407227

Email: sh.meliboyev@rtmc.uz

Reyting:
0 (0)

Project structure