“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi : (ID: 1967)

I.  Умумий маълумотлар

  ТашкилотЎзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги
  Лойиҳанинг тўлиқ номи “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
  Лойиҳанинг қисқа номи YaMIH AT
  Лойиҳанинг қисқача тавсифи Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash.
  Лойиҳа тури Ахборот тизими
  Идоралараро ахборот тизими / ресурс Ҳa
  Шахсий маълумотлардан фойдаланади Ҳa
  Тизим / ресурс мавжуд ва жорий этилган Йўқ
Ташкилотнинг юридик манзили

Манзил1:   O‘zbekiston, Toshkent sh., Mirabad t, Yangizamon 3-tor ko‘chasi, 1-uy.

Лойиҳани амалга ошириш учун масъул шахслар

ФИШ: Xasanov Alisher Elmuratovich

Телефон рақами: 998977064161

Email: A.Xasanov@ihma.uz

Яратиш, такомиллаштириш учун асос

Норматив-ҳуқуқий ҳужжат номи: Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida

Норматив-ҳуқуқий асос рақами: PF-82,   01.06.2023

Мақсади, вазифалари ва қўлланиш доираси

Мақсадлар: “Yagona milliy ijtimoiy himoya” dasturini yaratishning asosiy maqsadi: - ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlarini monitoring qilish; - kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘payganlini hisobga olgan xolda, nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etish. mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish. - nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishi va ta’lim olishiga ko‘maklashishi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilish. -fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash. - aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish. kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish; ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash; ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; aholining ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish; xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etish orqali aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish; har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash; oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o‘rganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish; ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qo‘llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish; Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘nalishida: aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo‘yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish; kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish; aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional “ijtimoiy ish” xizmatini tashkil etish; ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar ko‘rsatish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rag‘batlantirish choralarini yaratish; sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish; Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishida: nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash; nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish; jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, inklyuzivlikni ta’minlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamiyat ongida sog‘lom fikrni shakllantirish; nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy xizmatlarini tashkil qilish; nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydigan ixtisoslashtirilgan internat, ta’lim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yo‘nalishida: bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish; farzand asrab olish tizimini takomillashtirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish; himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida: ayollarni zo‘ravonlik va jinsiy zo‘ravonlik ta’qibidan himoya qilishda professional yordam ko‘rsatishni tashkil etish; zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida: oilalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning ko‘nikmalarini rivojlantirish; og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan homilador ayollar, yolg‘iz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil qilish; og‘ir hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish; palliativ yordamni tashkil qilish. Oshlar bilan ishlash yo‘nalishida: psixosotsial xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy xizmatlar, yo‘llanma va so‘rovlari asosida psixologik salomatlik, zarur ko‘nikma va ta’lim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yo‘naltirish tizimini yo‘lga qo‘yish. Yakka yolg‘iz va keksalar bilan ishlash yo‘nalishida: uyda parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilish; qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish; zo‘ravonlikdan himoya qilish. Ijtimoiy ta’minot dasturlari yo‘nalishida: ijtimoiy sug‘urta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish; aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish. ijtimoiy xizmatlarning ishtirokchilarini yagona axborot maydonida ishtirokini ta’minlash.

Вазифалар: - aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron tarzda qabul qilish; - aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish uchun elektron tarzda mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborish hamda jarayonni monitoring qilish asosida amalga oshirish; - “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklarni raqamlashtirish; - ijtimoiy sohani to‘liq raqamlashtirish orqali vazirlik va idoralarning elektron axborot bazalari ma’lumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etish. - Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs maqomini olish uchun ariza jo‘natish imkoniyati,ularga tegishli maqomni berish uchun komissiya tashkil etish, dalolatnomalarni tegishli foydalanuvchilar bilan kelishish amaliyoti, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsning yashash holatini baholash amaliyotini raqamlashtirish, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonini raqamlashtirish, yolg‘iz yashaydigan hamda yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxsni shaxsiy ro‘yxatga kiritish hamda Ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish amaliyotini tizimda aks ettirish, ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturi monitoringini olib borish va uning amalga oshirilishini baholash, uni qayta ko‘rib chiqish va tugallashni raqamlashtirish va jarayondagi ayrim ishlarning avtomatizatsiyasini amalga oshirish, ijtimoiy xodim assistenti tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni mijoz tomonidan baholash imkoniyati, ijtimoiy xodim assistentining unga biriktirilgan ishlarni bajarganlik hisobotlari, tashqi tizimlarga kerakli ma’lumotlarni jo‘natish, xodimlarni soatbay ishlash mexanizmidan ularning KPI ko‘rsatkichlari orqali moddiy rag‘batlantirish uchun tegishli ma’lumotlarni tizimdan olish imkoniyati, bajarilayotgan ishlarni turli darajalarda monitoring qilish imkoniyati, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid tezkor hisobotlar. - Saxovat internat uylariga qabul qilish hamda qarshi ko‘rsatmalar jarayonini avtomatlashtirish, elektron ariza topshirish mexanizmi imkoniyatini yaratish, Ishchi va maxsus komissiya faoliyatini raqamlashtirish, ichki ishlar organlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni va reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni Saxovat internat uylariga joylashtirish jarayonini avtomatlashtirish, dori-darmon, oziq ovqat, kiyim-bosh bilan ta’minlash jarayonini avtomatlashtirish, Saxovat uylari koyka joy ma’lumotlarini raqamlashtirish va maxsus komissiya qarori ijrosida bo‘sh joylar ma’lumotini olishda ishlatish, Saxovat internat uylaridan chiqarish / ko‘chirish jarayonini raqamlashtirish, tashqi tizimlarga ma’lumotlarni jo‘natish, bajarilayotgan ishlarni turli darajalarda monitoring qilish imkoniyati, internat uyi a’zolari bo‘lgan shaxslarga oid tezkor hisobotlar. - Muruvvat internat uylariga qabul qilish hamda qarshi ko‘rsatmalar jarayonini avtomatlashtirish, ayollar, bolalar, va erkaklar internat uylari faoliyatini o‘ziga xosligidan kelib chiqib raqamlashtirish, elektron ariza topshirish mexanizmi imkoniyatini yaratish, Ishchi va maxsus komissiya faoliyatini raqamlashtirish, ichki ishlar organlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni va reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni Muruvvat internat uylariga joylashtirish jarayonini avtomatlashtirish, dori-darmon, oziq ovqat, kiyim-bosh bilan ta’minlash jarayonini avtomatlashtirish, Muruvvat uylari koyka joy ma’lumotlarini raqamlashtirish va maxsus komissiya qarori ijrosida bo‘sh joylar ma’lumotini olishda ishlatish, Muruvvat internat uylaridan chiqarish / ko‘chirish jarayonini raqamlashtirish, tashqi tizimlarga ma’lumotlarni jo‘natish, bajarilayotgan ishlarni turli darajalarda monitoring qilish imkoniyati, internat uyi a’zolari bo‘lgan shaxslarga oid tezkor hisobotlar. - Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish jarayonini avtomatlashtirish, Inson ijtimoiy xizmatlari markazlarida elektron ariza berish imkoniyatini yaratish, sanatoriy-sog‘lomlashtirish markazlari koyka joylari ma’lumotini raqamlashtirish. urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar; halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari); respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar; Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar; yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar; I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar; ma’lumotlarini tizimda toifa sifatida kiritish hamda ularni guruhlarga ajratish, toifalarda ustnliklarni belgilash imkoniyatini yaratish, yoshga doir pensiya oluvchilar, toifalar kesimida kvotalar kiritish imkoniyatini yaratish, mijozlarni SMS xabarnoma orqali xabardor qilish imkoniyati, navbatda turgan sanatoriyni boshqa sanatoriy navbatiga almashtirish uchun elektron murojaat imkoniyatini yaratish, uzrli sababga ko‘ra yo‘llanma olish muddatini ko‘chirish imkoniyati, mijozlarni sanatoriyga qabul qilish / chiqarish imkoniyatini uzluksizligini ta’minlash (check in – check out mexanizmi), pullik asosda davolanuvchi kontingent ma’lumotini ham kiritish imkoniyati, eski tizim ma’lumotlarni yangi tizimda aks ettirish hamda ma’lumotlarni yangi tizimda qayta tiklash, bajarilayotgan ishlarni turli darajalarda monitoring qilish imkoniyati, sanatoriylar faoliyatiga oid tezkor hisobotlar Inson ijtimoiy xizmatlari markazlari faoliyatini raqamlashtirish, markaz xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirish, ularning holati bo‘yicha shaxs bevosita ma’lumot olish imkoniyatini yaratish, murojaatlarni bevosita ekotizimdagi boshqa tizimlardan olish imkoniyati (mikroservis arxitekturasi yondashuvi asosida). - Keys menejment mexanizmini ishlab chiqish, bunda: - Ijtimoiy xodim kelgusida MFY larga biriktirilishi yuzasidan hududlarni uchastkalarga bo‘lib chiqish imkoniyatini yaratish; Ijtimoiy xodimni uchastkalarga biriktirib chiqish imkoniyati; - O‘tkaziladigan savolnomaning javoblar shablonini kiritish imkoniyati; - Savolnoma va uning ichida savollarning xususiyatidan kelib chiqib, ularning tizimda ishlash mexanizmini belgilash imkoniyati, savolnoma ichida javoblar shablonidan foydalanish imkoniyati; - Baholash natijasi algoritmini yaratish imkoniyati, bunda shartlar va ularning bajarilishi qaysi natijani taqozo etishini avtomatlashtirish imkoniyati, xizmatlar monitoringini ham shu yerda ko‘rsatib ketish imkoniyati; - Rozilik xatini olish mexanizmini raqamlashtirish va jarayonni avtomatlashtirish; Birlamchi va Kompleks baholash imkoniyatini (umumiy tartibda baholash); - Baholash natijasini avtomatlashtirish, belgilangan xizmatlarni olish imkoniyatini yaratish, elektron arizalarni shakllantirish, baholash javoblarini jamlangan tarzda ko‘rish imkoniyatini yaratish; - Xizmatlar monitoringini raqamlashtirish va ularning bajarilish muddatlarini monitoringda aks etishi va tomonlarni xabardor qilish mexanizmini avtomatlashtirish; Tashqi tizimlar bilan integratsiyani ta’minlash.

Топшириққа мувофиқ амалга ошириш муддати

Бошланиш вақти: 01.06.2023

Якунлаш вақти: 31.12.2023

II  Асосий техник хусусиятлар ҳақида маълумотлар

  Лойиҳа-техник ҳужжатларини ишлаб чиқувчи O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Электрон шаклга ўтказиладиган хизматлар рўйхати

1Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi sanatoriylarga yo‘llanmalar ajratish

2Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ajratish uchun sertifikat rasmiylashtirish

3Talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa va nogironligi bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish (undan chiqarish)

4Maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish uchun xulosa so‘rab qilgan murojaatini tibbiy-ijtimoiy-ekspert komissiyasiga yo‘naltirish

5Pensiya olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘idagi oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini rasmiylashtirish

6«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani olish

7Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga «Parasport o‘yinlarida tasnif qoidalari va prinsiplari»ga ko‘ra parasport bilan shug‘ullanishlari uchun xulosa olish

8Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yer uchastkalarini onlayn-auksionda sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish

9Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasini tayinlash

10Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tavsiyanoma) olish

11Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini ajratish

12Nogironlikni belgilash va nogironlik guruhini o‘zgartirish

13Pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi shaxslarga yoshga doir hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlari bor (bo‘lgan) onalarga yoshga doir nafaqasini tayinlash

14«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylariga joylashtirish uchun murojaatlarni qabul qilish

15Nogironligi bo‘lgan shaxslarga Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma berish

16Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash uchun sertifikat rasmiylashtirish

17Dafn nafaqasini to‘lash

Ахборот тизимининг асосий қуйи тизимлари

1Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar quyi tizimi

2Sanatoriy quyi tizimi

3Inson quyi tizimi

4«Saxovat» internat uylari quyi tizimi

5«Muruvvat» internat uylari quyi tizimi

6Fuqaroning shaxsiy kabineti quyi tizimi

Ахборот тизимлари

1Idoralararo integratsiyalashgan platforma

Амалий маълумотномалар ва классификаторлар

1cs.egov.uz

Маълумотлар базасида ишлатиладиган ягона идентификатор

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

III  Яратиш, фойдаланиш ва фойдаланишдан чиқариш ҳақидаги маълумотлар

  Аутсорсинг хизматларидан фойдаланади Йўқ
Ахборот тизимини ишлаб чиқувчи

Яратувчи номи: Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги

Ишлаб чиқиш жараёнининг бошланиши ва якунланишини тасдиқловчи ҳужжат: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 1 июндаги "АҲОЛИГА СИФАТЛИ ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТ ВА ЁРДАМ КЎРСАТИШ ҲАМДА УНИНГ САМАРАЛИ НАЗОРАТ ТИЗИМИНИ ЙЎЛГА ҚЎЙИШ БЎЙИЧА КОМПЛЕКС ЧОРА-ТАДБИРЛАР ТЎҒРИСИДА" ПФ-82-сон Фармони

  «Киберхавфсизлик маркази» экспертизаси Pasport va Konsepsiya xulosalari olingandan so'ng , belgilangan tartibda kiberxavfsizlik xulosasi olinadi

IV  Сервер ускуналари техник кўрсаткичлари ҳақида асосий маълумотлар

Сервер ускуналарини жойлаштиришТури:   Ташқи хостинг
Сервер қуввати

Процессор: Intel® Xeon® Processors

Оператив Хотира (RAM): 584 GB

Хотира (ПЗУ): 13.566 TB

Ядро: 318

Оқимлар: 636

Операцион тизими

1. UBUNTU

2. ORACLE LINUX

Маълумотлар базасини бошқариш тизими

1. PostgreSQL 13.1

2. Oracle Database 21c

Амалий дастурий таъминот номи

1. Автоматлаштирилган иш жойи

2. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими

Ҳимоя воситалари

1. Рақамли видеокузатув тизими

2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

3. Антивирусная программа

4. VPN

5. Ахборот ҳимоясини таъминлашнинг ўрнатилган воситалари

6. Махсус дастурий таъминот воситалари

Узлуксиз қувват тизими

1. Uzluksiz elektr energiyasi (UPS) 600VA with minimum 30 minutes backup; Minimum of 2-meter power cable. Input AC Voltage for main operation: 240 Volts. Output voltage: 240 Volt AC; Surge protections.

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi

Маълумотнома

Рўйхатга олинган рақами: 1967

Яратилган санаси: 07.12.2023, 21:15

Ташкилот:  Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги

Лойиҳани амалга ошириш учун масъул шахслар:

ФИШ : Xasanov Alisher Elmuratovich

Телефон рақами: 998977064161

Email: A.Xasanov@ihma.uz

Reyting:
5 (2)

Лойиха тузилиши