Respublikadagi 36 ta muzeyni o'z ichiga olgan interaktiv veb-sayt va uning mobil ilovasini ishlab chiqish: (ID: 1751)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги |
Loyihaning to'liq nomi | Respublikadagi 36 ta muzeyni o'z ichiga olgan interaktiv veb-sayt va uning mobil ilovasini ishlab chiqish |
Loyihaning qisqa nomi | INTERAKTIVMUZEY |
Loyihaning qisqacha tavsifi | O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 36 ta muzey haqidagi batafsil ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el sayyohlari uchun taqdim etish, muzeylarga tashrif vaqtini masofadan turib buyurtma berish, berilgan taklif va e'tirozlarini jamlash. |
Loyiha turi | Axborot-resurs |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Yo'q |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: Manzil № 1: 100084 Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi 107b uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Shermuxammedov Jasurbek Abobakir oʻgʻli Telefon raqami: +99855 502-33-77 (150) Email: abobakirovich@madaniyat.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022–2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-357-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023-yillarda davlat boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati”ning 39-bandi. Normativ-huquqiy asos raqami: ПҚ-357, 22.08.2022 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: Interaktiv veb-sayt va uning mobil ilovasini ishlab chiqishdan ko'zlangan maqsad O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 36 ta muzey haqidagi batafsil ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda chet el sayyohlari uchun taqdim etish, muzeylarga tashrif vaqtini masofadan turib buyurtma berish, har bir muzey moderatorlari tomonidan muzeylarga aloqador yangi ma'lumotlar bilan boyitib borish, muzeylarga tashrif buyuruvchilarning taklif, e'tirozlarini jamlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Interaktiv veb-sayt va uning mobil ilovasi ishga tushirilgandan keyin muzeylarga tashrif buyuruvchilarning muzeylar tomonidan shakllantiriladigan qog'ozli hisobotlar 100 % ga qisqaradi, fuqarolar muzeyga onlayn buyurtma berishlari orqali kelishilgan tashrif vaqtlari muzeydagi tartibliklarni 80 % ga muvofiqlashtiradi. Vazifalar: Ushbu axborot tizimi yordamidi quyidagi jarayonlar raqamlashtiriladi: - Respublikadagi 36 ta muzey haqidagi batafsil ma'lumotlar yagona bir platformaga jamlash; - muzeylarga tashrif vaqtini masofadan turib buyurtma berish; - muzeylar bilan aloqador taklif va e'tirozlarni bir joyda jamlash va ularni operativ tarzda ko'rib chiqish; - istiqbolda: * boshqa muzeylarni ham ushbu interaktiv veb-saytga qo'shish; * onlayn to'lov tizimlarini joriy etish. |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 01.11.2022 Yakunlash vaqti: 30.11.2023 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" DUK |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. Muzeylarga tashrif vaqtini masofadan turib onlayn buyurtma berish. |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. 1. Onlayn buyurtma berish 2. 2. Muzeylar pasporti 3. 3. Taklif va e'tirozlar |
Axborot tizimlari | 1. Istiqbolda onlayn to'lov tizimlarini bilan integratsiya qilish |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. Elektron hukumatning ma’lumotnomalari, klassifikatorlari va yagona identifikatorlari 2. Madaniyat vazirligi klassifikatorlari, muzeylar ma'lumotnomasi |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. Бошқалар |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Ha |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" DUK Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Jarayonda |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Manzil: 100029 Toshkent shahri, Taras Shevchenko, 1 Turi: Shaxsiy server |
Server quvvati | Protsessor: 4 1.7 GHz Operativ Xotira (RAM): 8 GB Xotira (PZU): 0.1 TB Yadro: 8 Oqimlar: 16 |
Operatsion tizim | 1. UBUNTU |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 7.4.30 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Контентларни (ташкил этувчиларни) бошқариш тизими (CMS) |
Himoya vositalari | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Қўриқлаш ва ёнғин сигнализацияси тизими |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UPS. Himoya turi On-layn, Quvvat (VA) 1000VA Quvvat (Vt) 900 Vt. 50% yuklanishda ish vaqti 11 daqiqa. 100% yukda ish vaqti (min.) 4 daqiqa. Kirish kuchlanishi 220V. Kirish ulagichi 1xIEC-320 C14. Chiqish ulagichlari IEC-C320 C13 8. Interfeys porti RS-232. Odatda zaryadlash vaqti (h) 5 soat |
Respublikadagi 36 ta muzeyni o'z ichiga olgan interaktiv veb-sayt va uning mobil ilovasini ishlab chiqish
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 1751
Yaratilgan sana: 06.06.2023, 12:26
Tashkilot: Ўзбекистон Республикаси Маданият вазирлиги
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Shermuxammedov Jasurbek Abobakir oʻgʻli
Telefon raqami: +99855 502-33-77 (150)
Email: abobakirovich@madaniyat.uz