Maslahatlar tizimi va monitoring imkoniyatini o‘z ichiga olgan erta yoshdagi bolalarning rivojlanish trekeri mobil ilovasini yaratish: (ID: 1875)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Рақамли технологиялар ва сунъий интеллектни ривожлантириш илмий-тадқиқот институти |
Loyihaning to'liq nomi | Maslahatlar tizimi va monitoring imkoniyatini o‘z ichiga olgan erta yoshdagi bolalarning rivojlanish trekeri mobil ilovasini yaratish |
Loyihaning qisqa nomi | Junior Tracking |
Loyihaning qisqacha tavsifi | Bolaning holatiga doir tasvir, audio va video ma’lumotlarni intellektual tahlili hamda savol-javob orqali olingan ma’lumotlar asosida ota-onaga maslahat berish va zarur hollarda avtomatik ravishda tez yordam yoki tibbiy xizmat idoralariga xabar berish tizimini o‘z ichiga olgan erta yoshdagi bolalarning rivojlanish trekeri mobil ilovasini yaratish |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Yo'q |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Yo'q |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: 100125, Toshkent sh., Bo‘z-2, 17A. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: A'zamova Nilufar Abdullayevna Telefon raqami: +998 71-263-41-98 Email: n.azamova@airi.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ–307-son qarorining 6-ilovasi “2022-2023 yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalarini amalga oshirish Dasturi” 214-bandi Normativ-huquqiy asos raqami: PQ–307, 06.07.22 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: - birlamchi bosqichda tibbiy ambulatoriya xizmatlarini ko'rsatish sifatini 20 foizga oshirish; - patronaj monitoring sifatini 25 foizga oshirish; - xavfli belgilar kuzatilgan holatlarda tez yordam ko'rsatish sifatini (o'lim va asoratlarning oldini olish ko'rsatkichini) 10 foizga oshirish; - ota-onalarning tibbiy savodxonligini oshirish. Vazifalar: - erta yoshdagi bolalar ota-onalari uchun chat-bot yaratish; - rivojlanish davriga mos refleks va ko‘nikmalar to‘plami, oziqlanish tarkibi va rejimi, emlash taqvimi, uyqu rejimi, jismoniy mashqlar, o‘yinlar va muloqot amaliyotlari, erta yoshdagi bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasallik va rivojlanishdagi chetlanish alomatlari, tegishli audio va video ma’lumotlarni to'plash; - sun'iy intellekt asosida 1 yoshgacha bolalar yig‘isini tahlil qiluvchi modul (analizator) ishlab chiqish; - sun'iy intellekt asosida teri holati analizatorini ishlab chiqish; - sun'iy intellekt asosida najas analizatorini ishlab chiqish; - mobil ilova hamda intellektual monitoring va boshqarish tizimini (admin-panel) ishlab chiqish; - chat-bot, yig‘i analizatori, teri holati analizatori hamda najas analizatorining samaradorligini 90 foizga yetkazish. |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 06.07.2022 Yakunlash vaqti: 31.12.2023 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. bolaning rivojlanish bosqichi va holatiga mos maslahatlar servisi / chat-bot, shaxsiy kabinet, resurslar / kutubxona |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. shaxsiy kabinet, eslatmalar, kutubxona, chat-bot, tovush analizatori / sintezatori, surat analizatori, admin-panel |
Axborot tizimlari | Mavjud emas |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. Xalqaro kasalliklar tasniflagichi (ICD-10) va boshqa |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. Бошқалар |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Yo'q |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: Рақамли технологиялар ва сунъий интеллектни ривожлантириш илмий-тадқиқот институти Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (Buyurtmachi) va Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (Ijrochi) o’rtasida 2023-yil 12-iyulda tuzilgan Б-2023-25-son Shartnoma |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Jarayonda |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Manzil: 17A, Boz-2, Tashkent, 100125, Uzbekistan Turi: Shaxsiy server |
Server quvvati | Protsessor: 3.7 GHz Operativ Xotira (RAM): 256 GB Xotira (PZU): 2.048 TB Yadro: 128 Oqimlar: 256 |
Operatsion tizim | 1. DEBIAN |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. бошқа |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Эксперт тизимлари |
Himoya vositalari | 1. Ахборот ҳимоясини таъминлашнинг ўрнатилган воситалари |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. Eaton NV600H |
Maslahatlar tizimi va monitoring imkoniyatini o‘z ichiga olgan erta yoshdagi bolalarning rivojlanish trekeri mobil ilovasini yaratish
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 1875
Yaratilgan sana: 18.09.2023, 15:18
Tashkilot: Рақамли технологиялар ва сунъий интеллектни ривожлантириш илмий-тадқиқот институти
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : A'zamova Nilufar Abdullayevna
Telefon raqami: +998 71-263-41-98
Email: n.azamova@airi.uz