"Ayollar daftari" elektron axborot tizimi: (ID: 1891)

I.  Umumiy ma'lumotlar

  TashkilotКамбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳузуридаги Оила ва хотин-қизлар қўмитаси
  Loyihaning to'liq nomi "Ayollar daftari" elektron axborot tizimi
  Loyihaning qisqa nomi "Ayollar daftari" tizimi
  Loyihaning qisqacha tavsifi − xotin-qizlar, shu jumladan, «Аyollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb-hunarga oʼrgatish, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, ga yordam berish, kambag'allikni qisqartirish, xotin-qizlarning taʼlim olishi va bandligini taʼminlash koʼmaklashish, Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish hamda migratsiyadagilariga yordam koʼrsatish, Ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash, ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, uy joylarini taʼmirlashga koʼmaklashish, nogironligi borlariga tezkor meditsina yordami koʼrsatish, uy-joy bilan taʼminlash, ijara uchun kompensatsiya toʼlash jarayonlarini axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish, Oliy taʼlim muassasalariga qoʼshimcha davlat granti asosidagi qabul koʼrsatkichlari doirasida 5 yildan ortiq tajribaga ega boʼlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olishga platforma orqali onlayn murojaatlar qabul qilish.
  Loyiha turi Axborot tizimi
  Idoralararo axborot tizimi / resurs Ha
  Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi Ha
  Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan Yo'q
Tashkilotning yuridik manzili

Manzil1:   Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, MIrzakalon Ismoiliy ko'chasi 1G-uy

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar

FISH: Matkarimov Shohzod Maqsud o'g'li

Telefon raqami: 998712021086

Email: akt@wcu.uz

Yaratish, takomillashtirish uchun asos

Normativ-huquqiy hujjat nomi: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi "XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA HAL ETISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi 145-son qarori

Normativ-huquqiy asos raqami: VMQ-145,   31.03.2022

Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi

Maqsadlar: Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan talablar asosida hisobotlarni Milliy platforma orqali yigʼish va tahlil qilish; − Milliy platforma doirasida idoralararo elektron soʼrovlarni yuborish, qayta ishlash va qabul qilishni avtomatlashtirish; − Davlat organlari va tashkilotlarning tegishli maʼlumot va axborotlar mavjud boʼlgan axborot tizimlari va resurslari «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari komplekslari va markazlashgan maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish; − axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilgan holda, tezkor tahliliy maʼlumotlardan samarali foydalanish va bu orqali davlat organlarining xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlashga oid faoliyatining samaradorligini oshirish; − vazirlik va idoralardan xotin-qizlar bilan bogʼliq maʼlumotlar tezkor yigʼilishi va real vaqt rejimida tahlil qilinishini taʼminlash; − Besh yil ish tajribasiga ega xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʼqishga kirishlari uchun tavsiyalar berilishi jarayonini avtomatlashtirish; − xotin-qizlarni turli tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish boʼyicha maʼlumotlar tizimini shakllantirish va uning samaradorligini oshirish; − Qaramogʼida nogironligi boʼlgan farzandi mavjud ehtiyojmand, tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam beriladigan xotin-qizlarga yordam koʼrsatish jarayonining monitoringini olib borish; Turli vazirlik va davlat tashkilotlari uchun hisobotlar tayyorlash jarayonini 70% osonlashtirish; Vazirlik va idoralarda xotin-qizlar bilan bogʼliq ishlarning amalga oshirilishining samaradorligining nazoratini 50% oshirish; Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi tomonidan axborot texnologiyalardan foydalanish darajasini 80% dan oshirish.

Vazifalar: − Hududlar tumanlar va mahallar kesimida ayollar toʼgʼrisida , jumladan ish bilan bandligi, mutaxassisligi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanishi, ijtimoiy himoyaga muhtojligi, kasbga oʼqitilishi va boshqa ularni qoʼllab-quvvatlash bilan bogʼliq statistik maʼlumotlarni tayyorlash va tahlil qilish. − Xotin-qizlar tomonidan Platforma orqali oilaviy, moddiy, tibbiy, psixologik va boshqa masalalarda qilingan onlayn murojaatlarni qabul qilish, ularni tegishli davlat organlari va idoralarga ijro uchun yoʼnaltirish hamda ijrosini nazorat qilish. − Platforma orqali zoʼravonlik va tazyiqdan himoyalanish borasida onlayn psixologik maslahatlarni berib borish. − Platforma orqali «Аyollar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka jalb etish, uy joylarini taʼmirlashga koʼmaklashish, uy-joy bilan taʼminlash, ijara uchun kompensatsiya toʼlash, nogironligi borlarga tezkor meditsina yordami koʼrsatish, boquvchisi boʼlmagan ehtiyojmandlar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish; - Umumiy mahallalar va xonadonlar soni, xotin-qizlar soni yosh davrlari kesimida (0 — 2; 3 — 6; 7 — 17; 18 — 24; 24-30; 31-55; 55 va undan yuqori yoshdagilar) maʼlumotlarni shakllantirish. - Turmush qurganlar, ajrim yoqasidagilar, ajrashganlar, toʼliqsiz oilalar, shundan qaramogʼida farzandi borlar haqidagi statistik maʼlumotlarni yuklab borish (qayd etilgan tugʼilish, nikoh va ajralishlar qiyosiy). - Аyollar tomonidan va xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar (shuningdek jinoyatda ishtirok etgan xotin-qizlar), JIEMdan qaytgan, probatsiya hisobida turganlar, himoya orderi berilgan, uzoq muddatga xorijiy davlatlarga ketganlar hamda kelgan xotin-qizlar, notinch oilalar/jinoyatchilikka moyilligi borlar haqidagi statistik maʼlumotlar tayyorlash. - Tadbirkorlik loyihalari, xotin-qizlarga tadbirkorlikni boshlash boʼyicha berilayotgan imtiyozlar, «Аyollar daftari»dagi xotin-qizlarga koʼrsatilayotgan yordamlar haqidagi maʼlumotlarni yuklab berish.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

Boshlanish vaqti: 31.03.2022

Yakunlash vaqti: 01.07.2022

II  Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar

  Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi hamda "Realsoft" MCHJ
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati

1mavjud emas

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

1“Soʼrovnoma” moduli

2“KPI” moduli

3“Muammolar” moduli

4“Аyollar daftari” moduli

5“OTMga tavsiyanoma” moduli

6 “Foydalanuvchilar” moduli.

7"Migratsiya" moduli

8"Ayol qo'mita" moduli

Axborot tizimlari

1Ijtimoiy himoya yagona reestri

2"Online mahalla" axborot tizimi

3"Yoshlar daftari" axborot tizimi

4Idoralararo integratsiyalashuv platformasi

Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar

1Manzillar ma'lumotnomasi

2Mahallalar ma’lumotnomasi

Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

III  Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar

  Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi Ha
Axborot tizimini ishlab chiquvchi

Yaratuvchi nomi: "Realsoft" MCHJ

Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 31.03.2022 yildagi 145-son qarori

  «Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi 2022-yil 4-oktyabrdagi 01-18-01/2219-sonli xat asosida Texnik topshiriqqa ekspert xulosasi olingan

IV  Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar

Server uskunalarini joylashtirishTuri:   Tashqi hosting
Server quvvati

Protsessor: Intel Xeon-Gold 6258R

Operativ Xotira (RAM): 512 GB

Xotira (PZU): 24 TB

Yadro: 12

Oqimlar: 56

Operatsion tizim

1. DEBIAN

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

1. PostgreSQL 6.4.2

Amaliy dasturiy ta'minot nomi

1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими

Himoya vositalari

1. Рақамли видеокузатув тизими

2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

Uzluksiz quvvat tizimi

1. APC Smart-UPS RT 5000VA 230V , 5000 w

"Ayollar daftari" elektron axborot tizimi

Ma'lumotnoma

Ro'yxatga olingan raqami: 1891

Yaratilgan sana: 29.09.2023, 11:05

Tashkilot:  Камбағалликни қисқартириш ва бандлик вазирлиги ҳузуридаги Оила ва хотин-қизлар қўмитаси

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:

FISH : Matkarimov Shohzod Maqsud o'g'li

Telefon raqami: 998712021086

Email: akt@wcu.uz

Reyting:
5 (2)

Loyiha tuzilmasi