“HAMKOR TADBIRKOR” axborot tizimi: (ID: 1900)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ўзбекистон Республикаси Савдо саноат палатаси |
Loyihaning to'liq nomi | “HAMKOR TADBIRKOR” axborot tizimi |
Loyihaning qisqa nomi | “HAMKOR TADBIRKOR” AT |
Loyihaning qisqacha tavsifi | “HAMKOR TADBIRKOR” axborot tizimi quyidagilardan iborat: hamkorlik shartnomasi “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dastur, "Kasb egasi" dual ta’lim tizimi, tadbirkor murojaatlarini ko‘rib chiqish moduli, a’zolik shartnomasi, Palata xizmatlari, Xakamlik sudi moduli, Mediatsiya moduli, Kadrlar xisobi moduli, xujjat aylanmasi moduli, xodimlarni baxolash KPI tizimi moduli. |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Ha |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: O’zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Amir Temur ko’chasi 4 uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Dilmurod Hamrayev Telefon raqami: +998 97 769 64 04 Email: info@chamber.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-15-son 23.01.2023 Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-63-son 29.04.2023 Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarori (07.07.2023 yildagi 279-son); O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-93-son 12.06.2023 farmoni Normativ-huquqiy asos raqami: VMQ-279, 07.07.2023 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlarga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish hamda monitoring qilish. Vazifalar: - tadbirkorlar tomonidan «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida arizalar topshirilishi; - vazirlik va idoralar ikki hafta muddatda ma’lumotlar bazalarining «Hamkor tadbirkor» axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi; - «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida shartnomalarni shakllantirish elektron raqamli imzo orqali tomonlar tasdiqlanishi; - «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida tadbirkorlarga imtiyoz va priferensiyalardan foydalanish huquqini beruvchi sertifikatlar shakllanishi va taqdim etilishi; - «20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida tadbirkorlarning imtiyozlardan foydalanish jarayonlarini monitoring qilish imkoniyati. - - “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy reyestr) kiritilgan fuqarolar kamida bir yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda 51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga, 101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi, 200 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi. - Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob berganda tadbirkorlik subyektlariga qo‘llaniladi: Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolarga bir yil davomida uzluksiz mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lab, bandlikni ta’minlaganda; Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar jami xodimlar sonining kamida 20 foizini tashkil qilganda; tadbirkorlik subyektlari kamida ikki yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmaganda. Mazkur imtiyozlar Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan hamda ushbu hududda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. - Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi (“Xavfni boshqarish tizimi” tomonidan topshiriq berilgan holatlar bundan mustasno). - Dasturda ishtirok etishi davomida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishi yoki ular taqdim etgan ma’lumotlarda tafovutli holatlarning aniqlanishi mazkur tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga nisbatan bojxona nazoratining barcha shakllari va umumiy qoidalari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. - Bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bilan bog‘liq asosli shubhalar paydo bo‘lganda, bojxona xodimlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga taqdim etilgan “yashil yo‘lak” bojxona organlari faoliyatida mavjud boshqa yo‘laklarga o‘zgartirilishi mumkin. - Amaliy monomarkaz faoliyatini tashkil etish |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 01.07.2023 Yakunlash vaqti: 01.01.2024 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. “Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar” moduli 2. “Foydalanuvchilarni boshqarish” moduli 3. “Xujjatlar” moduli 4. “Adliya xuquqiy ekspertiza” moduli 5. “Tadbirkorning shaxsiy kabineti” moduli 6. “Taxlil va analitika” moduli 7. “Tashqi integratsiya” moduli 8. “Xisobotlar” moduli |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. HAMKORLIK shartnomasi “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dastur 2. "KASB EGASI" DUAL TA’LIM TIZIMI 3. TADBIRKOR MUROJAATLARINI KO‘RIB chiqish MODULI 4. A’ZOLIK shartnomasi 5. PALATA XIZMATLARI 6. XAKAMLIK SUDI VA NAZORAT 7. Mediatsiya VA DA’VO ARIZALARI 8. KADRLAR HISOBI 9. XUJJAT AYLANMASI 10. KPI MODULI 11. DASHBOARD MODULI |
Axborot tizimlari | 1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi 7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi 8. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 9. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasidan yuborilayotgan so‘rovlarni qabul qilish, qayta ishlash va javob yuborishi lozim 10. Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) 11. Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registri (cs.egov.uz) axborot tizimi 12. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 13. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. cs.egov.uz |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Ha |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: "Webase" MCHJ Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: Шартнома № W-SSP-26/06 сана 21.06.2023 й |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Kelishish uchun kiritiladi. |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Manzil: O'zbekiston Respublikasi Toshkent sh, Amir Temur ko'chasi 4 uy Turi: Shaxsiy server |
Server quvvati | Protsessor: Intel(R) Xeon(R) Gold 6134 CPU @ 3.20GHz Operativ Xotira (RAM): 32 GB Xotira (PZU): 1.024 TB Yadro: 16 Oqimlar: 32 |
Operatsion tizim | 1. UBUNTU 2. DEBIAN |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 13.1 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими |
Himoya vositalari | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Махсус дастурий таъминот воситалари |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. Uzluksiz elektr energiyasi (UPS) 600VA with minimum 30 minutes backup; Minimum of 2-meter power cable. Input AC Voltage for main operation: 240 Volts. Output voltage: 240 Volt AC; Surge protections. |
“HAMKOR TADBIRKOR” axborot tizimi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 1900
Yaratilgan sana: 09.10.2023, 10:45
Tashkilot: Ўзбекистон Республикаси Савдо саноат палатаси
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Dilmurod Hamrayev
Telefon raqami: +998 97 769 64 04
Email: info@chamber.uz