“Smart reyting” ilmiy va pedagogik faoliyat monitoringi portali: (ID: 1918)

I.  Umumiy ma'lumotlar

  TashkilotИчки ишлар вазирлиги
  Loyihaning to'liq nomi “Smart reyting” ilmiy va pedagogik faoliyat monitoringi portali
  Loyihaning qisqa nomi “Smart reyting” AT
  Loyihaning qisqacha tavsifi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining professor-o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini “Smart reyting” avtomatlashtirilgan elektron reyting axborot tizimi orqali baholash tartibini joriy etish.
  Loyiha turi Axborot-resurs
  Idoralararo axborot tizimi / resurs Ha
  Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi Yo'q
  Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan Yo'q
Tashkilotning yuridik manzili

Manzil1:   Toshkent shahri, Bektemir tumani, Xusayn Bayqaro ko‘chasi, 27A-uy

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar

FISH: Saitmuradov Farxod Berdibaevich

Telefon raqami: 71-295-34-18, 71-295-34-19

Email: kanselariya@exat.uz

Yaratish, takomillashtirish uchun asos

Normativ-huquqiy hujjat nomi: Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va axoli bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasining” 22-bandi.

Normativ-huquqiy asos raqami: 2023 yil 20 yanvardagi PQ-10-son ,   20.01.2023

Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi

Maqsadlar: Loyihaning asosiy maqsadi қуйидагилардан иборат: -professor-o‘qituvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish; - professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish; -ilg‘or ish tajribalaridan samarali foydalanish; -ta’lim sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarni tatbiq etish orqali ichki ishlar organlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish; - professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini raqamlashtirish; - professor-o‘qituvchilarning jamoat ishlaridagi ishtirokini baholab borish; - kafedra (sikl)lar va professor-o‘qituvchilar faoliyatini monitoring qilish; - professor-o‘qituvchilar faoliyatida ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirish; - professor-o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi va mahoratini oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish; - Akademiya va Malaka oshirish institutida olib borilayotgan o‘quv jarayonining sifatini monitoring qilish;

Vazifalar: - professor-o‘qituvchilar faoliyatida ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirish; - professor-o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi va mahoratini oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish; - ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tarbiya jarayonlari haqida xolis axborotlarga ega bo‘lish; - kafedra (sikl)lar va professor-o‘qituvchilar faoliyatini monitoring qilish uchun zarur ma’lumotlarni jamlab borish; - reytingi yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faoliyatini rag‘batlantirish hamda nisbatan past ko‘rsatkich qayd etganlarga ko‘maklashish; - ta’lim muassasalarini milliy hamda xalqaro reyting tizimida munosib o‘rin egallashiga yo‘naltirilgan zarur chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish. -professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tarkibiy bo‘linma xodimlari kontingentini yuritish (kafedra/sikllar, doktorantlar va xodimlar kesimida); -professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va tarkibiy bo‘linma xodimlari portfoliosi; - kafedra (sikl)lar va professor-o‘qituvchilar faoliyatini monitoring qilish asosida elektron hisobotlarni shakllantirish (kontingent, yil, o‘quv yili va oy kesimida); -Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyati natijalari umumiy reytingini shakllantirish (kafedralar va professor o‘qituvchilar kesimida). Qo‘llash doirasi: Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari Tizim kelajakda professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini elektron baxolashga, ularni erishgan natijalari orqali rag‘batlantirishga hamda professor-o‘qituvchilar faoliyatini elektron nazorat qilishga xizmat qiladi. Tizim ishga tushgandan so‘ng mehnat unumdorligi 2 barobarga oshib, qog‘oz sarfi 2 barobarga kamayadi.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

Boshlanish vaqti: 01.03.2023

Yakunlash vaqti: 31.12.2023

II  Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar

  Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati

1Professor va o‘qituvchilar tarkibi faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

1IIV Akademiyasi va IIV Malaka oshirish instituti mas’ul xodimi, Boshqaruv paneli

Axborot tizimlari

1id.egov.uz

Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar

1AT kichik tizimlarining barcha tarkibiy qismlari ma’lumotlar serverlari va dastur serverlari orqali ta’minlangan yagona mantiqiy maydon ichida ishlaydi

Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

2Бошқалар

III  Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar

  Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi Ha
Axborot tizimini ishlab chiquvchi

Yaratuvchi nomi: Ichki ishlar vazirligi

Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 15-martdagi 130-son buyrug‘i.

  «Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi 2023-yil 05-dekabrdagi 02-21-01/2541-son xat bilan ekspert xulosasi olindi.

IV  Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar

Server uskunalarini joylashtirish

Manzil: Toshkent shahri, Xusayn Bayqaro ko‘chasi, 27A-uy

Turi:   Shaxsiy server

Server quvvati

Protsessor: 3.1 ГГц

Operativ Xotira (RAM): 16 GB

Xotira (PZU): 1024 TB

Yadro: 8

Oqimlar: 8

Operatsion tizim

1. Windows Server 2019

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

1. MySQL 5.1

2. бошқа

Amaliy dasturiy ta'minot nomi

1. Автоматлаштирилган иш жойи

Himoya vositalari

1. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

Uzluksiz quvvat tizimi

1. UPS 3 kVt*2

“Smart reyting” ilmiy va pedagogik faoliyat monitoringi portali

Ma'lumotnoma

Ro'yxatga olingan raqami: 1918

Yaratilgan sana: 29.10.2023, 16:16

Tashkilot:  Ички ишлар вазирлиги

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:

FISH : Saitmuradov Farxod Berdibaevich

Telefon raqami: 71-295-34-18, 71-295-34-19

Email: kanselariya@exat.uz

Reyting:
0 (0)

Loyiha tuzilmasi