"Mashgulotlar yuzasidan talabalar fikrini urganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review)" tizimi: (ID: 2142)

I.  Umumiy ma'lumotlar

  TashkilotТошкент давлат иқтисодиёт университети
  Loyihaning to'liq nomi "Mashgulotlar yuzasidan talabalar fikrini urganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review)" tizimi
  Loyihaning qisqa nomi Talaba fikri dasturiy tizimi
  Loyihaning qisqacha tavsifi Platforma oliy talim muassasalarida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarni unda ishtirok etgan talabalar tomonidan baholab borilishi, shuningdek, mashg‘ulot bo‘yicha o‘z fikrlarini qoldirilishini ta‘minlash orqali oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi xodimlariga professor-o‘qituvchilarni o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda yordam berish uchun mo‘ljallangan. Bu jarayonni samarali tashkil etish uchun oliy ta`lim muassasalarida qo‘llanilib kelinayotgan HEMISdan professor-o‘qituvchilar, talabalar va darslar jadvali to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalangan holda tashkil etiladi. Natijada oliy ta’lim muassasasida bu dasturiy tizimga hech qanday ma’lumotlarni kiritmasdan, HEMISdagi darslar jadvaliga muvofiq, telegram botdan foydalangan holda talabalarga o‘tilgan o‘quv mashg‘ulotini baholash to‘grisidagi xabarni yuboradi. Talabalar tomonidan o‘quv mashg‘uloti 5 ballik tizimda baholanadi va u bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish imkoni yaratiladi. Shuningdek, talabalar telegram botdan foydalangan holda o‘z darslari jadvalini ham yuklab olish imkoniga ega bo‘lishadi.
  Loyiha turi Axborot tizimi
  Idoralararo axborot tizimi / resurs Ha
  Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi Ha
  Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan Yo'q
Tashkilotning yuridik manzili

Manzil1:   Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar

FISH: Sayfiev Jasurbek Fazlidinovich

Telefon raqami: +998946515125

Email: sayfiev@gmail.com

Yaratish, takomillashtirish uchun asos

Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 7 fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-62-son qarori “2024 – 2027 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”” nomli 2-ilovasining 8-bandi

Normativ-huquqiy asos raqami: PQ-62,   07.02.2024

Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi

Maqsadlar: Oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish sifatini oshirish, yuqori salohiyatli o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, o‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarli o'tkazish va oliy ta’limga qiziqishni oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, qog‘ozli hujjat aylanishini 80% ga kamaytirish, nazoratni kuchaytirish va ijro intizomini 75% ga oshirish, ma’lumotlarning uzluksizligi, aniqligi, to‘liqligi, ishonchliligi va tezkorligiga erishish, mehnat jamoasini samarali boshqarish va xodimlarning ish unumdorligini oshirish, axborot tizimidan foydalanishdagi vaqt va xarajatlarni kamida 50% ga qisqartirish kabi maqsadlar qo‘yilgan. Har bir maqsad uchun axborotlashtirish obyektining texnik, texnologik, ishlab chiqarish-iqtisodiy yoki boshqa ko‘rsatkichlari va talab qilinadigan qiymatlari quyidagicha belgilangan: Professor-o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish sifatini oshirish: • Texnik ko‘rsatkich qilib avtomatlashtirilgan dars sifatini baholash tizimi joriy etilagan • Ishlab chiqarish-iqtisodiy ko‘rsatkich - Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish. • O‘quv mashg‘ulotlarining sifati talaba baholari orqali baholanadi. Yuqori salohiyatli o‘qituvchilarni rag‘batlantirish: • Rag‘batlantirish mezonlarini belgilash va hisobot tizimlarini yaratilgan • Hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash va tahlil qilish. • Moliyaviy va ma’naviy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish. O‘quv mashg‘ulotlarini qiziqarli o‘tishini ta’minlash: • Interaktiv dars materiallari va multimedia vositalarining joriy etilishi. • O‘quv dasturlari va vositalarining integratsiyasi. • Talabalar qiziqishini oshirish va darslarning samaradorligini yaxshilash. • Talabalar tomonidan darslarning qiziqarli bo‘lishi baholanadi. Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish: • Raqobatni baholash tizimini yaratish. • O‘qituvchilar faoliyatini monitoring qilish tizimi. • Sog‘lom raqobatni rivojlantirish va tajriba almashishni rag‘batlantirish. • Qog‘ozli hujjat aylanishini kamaytirish: • Raqamli hujjat boshqarish tizimining joriy etilishi. • Elektron hujjat aylanishi tizimlari integratsiyasi. • Qog‘ozli hujjatlarni 80% ga kamaytirish. • Qog‘ozli hujjatlarning kamayishi va elektron hujjatlarning qabul qilinishi. Nazorat va monitoring tizimlarini ishlab chiqish. Nazorat va intizom monitoringi uchun tizim yaratish. Ijro intizomini 75% ga oshirish. Nazorat va intizom darajasining oshishga qartilgan. Vaqt va xarajatlarni 50% ga qisqartirish. Ish unumdorligini oshirish va resurslardan samarali foydalanish olib keladi.

Vazifalar: - oliy ta’lim muassasasi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandan keyin avtomatik tarzda uni baholash to‘g‘risida xabarnoma jo‘natish; - talabalar tomonidan o‘quv mashg‘ulotini baholash va u haqida o‘z fikrlarini bildirish; - professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish mezoni uchun kerakli hisobotlarni chop etish; - talabalarga darslar jadvalini qulay vosita yordamida yuklab olish imkonini taqdim etish; - maʼlumotlar arxivini shakllantirish hamda maʼlumotlar va tizim obyektlari boʻyicha harakatlarni hisobini yuritish va roʻyxatga olish.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

Boshlanish vaqti: 01.03.2024

Yakunlash vaqti: 31.08.2024

II  Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar

  Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ta`limning dasturiy ta`minoti va ma`lumotlar bazasi bo`limi
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati

1Talaba fikrini OTM rahbariyatiga yetkazish xizmati

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

1Administrator” quyi tizimi

2“Roʻyxatdan oʻtish” quyi tizimi

3“Topshiriqlarni shakllantirish” quyi tizimi

4“Xabarnoma yuborish” quyi tizimi

5“Talaba fikrini yuborish” quyi tizimi

6“Oʻquv mashgʻulotini baholash” quyi tizimi

7“Hisobotlarni shakllantirish” quyi tizimi

Axborot tizimlari

1HEMIS - Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi (hemis.uz)

Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar

1Taʼlim muassasalari roʻyxati

2Fanlar roʻyxati

3Ta`lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar klassifikatori

4Ishchi oʻquv rejalar

Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

III  Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar

  Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi Yo'q
Axborot tizimini ishlab chiquvchi

Yaratuvchi nomi: Тошкент давлат иқтисодиёт университети

Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: PQ-62

  «Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi "Kiberxavfsizlik markazi" DUK ning 2024 yil 31 avgustdagi 01-21-02/2291 sonli xatiga asosan ijobiy xulosa berilgan

IV  Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar

Server uskunalarini joylashtirish

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49

Turi:   Shaxsiy server

Server quvvati

Protsessor: Intel(R) Xeon(R) Gold 6134 CPU @ 3.20GHz

Operativ Xotira (RAM): 32 GB

Xotira (PZU): 1.024 TB

Yadro: 16

Oqimlar: 32

Operatsion tizim

1. UBUNTU

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

1. PostgreSQL 13.1

Amaliy dasturiy ta'minot nomi

1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими

Himoya vositalari

1. Рақамли видеокузатув тизими

2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

3. Антивирусная программа

4. Махсус дастурий таъминот воситалари

Uzluksiz quvvat tizimi

1. (UPS) 600VA with minimum 30 minutes backup; Minimum of 2-meter power cable. Input AC Voltage for main operation: 240 Volts. Output voltage: 240 Volt AC; Surge protections

"Mashgulotlar yuzasidan talabalar fikrini urganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review)" tizimi

Ma'lumotnoma

Ro'yxatga olingan raqami: 2142

Yaratilgan sana: 26.06.2024, 10:43

Tashkilot:  Тошкент давлат иқтисодиёт университети

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:

FISH : Sayfiev Jasurbek Fazlidinovich

Telefon raqami: +998946515125

Email: sayfiev@gmail.com

Reyting:
0 (0)

Loyiha tuzilmasi