Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlarning shaxsiy kabinetini yuritib borish axborot tizimi: (ID: 2238)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги |
Loyihaning to'liq nomi | Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlarning shaxsiy kabinetini yuritib borish axborot tizimi |
Loyihaning qisqa nomi | Presscor |
Loyihaning qisqacha tavsifi | «Presscor» электрон платформасини ишлаб чиқиш орқали республика миқёсида ўтказиладиган тадбирларда ОАВ иштирокини мониторинг қилиш ва QR-code орқали кириш рухсатномасини онлайн тақдим этиш имкони мавжуд бўлади. |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Yo'q |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Navoi ko‘chasi 30 uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Mirzohid Mirhosilov Telefon raqami: +998 71 207 99 95 Email: info@aimc.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat va amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi РQ-246-sоn qаrоri ijrosini ta’minlash holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida o‘tkazilgan xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha respublika kengashi yigʻilishining 2023-yil 28-martdagi 11-sonli yigʻilish bayonnomasi hamda mazkur bayonnomasining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohaga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi Normativ-huquqiy asos raqami: Bayonnoma-11-son, 28.03.2023 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: «Presscor” EP asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralarda matbuot va media tadbirlardagi OAV xodimlarini ishtirokini avtomatlashitirish; - matbuot anjumani, brifing, press-turlarning nomi, mavzusi va vaqtini elektron platformada shakllantirishga mo‘ljallangan; - tadbirda ishtirok etuvchi OAV xodimlariga elektron ruhsatnoma taqdim etish; - QR-code ko‘rinishidagi ruhsatnomani xodimning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq hamda qatnashadigan tadbir nomi parametrlari asosida generatsiya qilish orqali tadbirda keraksiz shaxslar ishtirokini cheklash; - davlat organlarida rejalashtirilgan tadbirlarni doimiy ravishda monitoring olib borish; - ma'lumotlarni qayta ishlashda vaqtni tejash, ish unumdorligi oshirilishida xizmat qiladi. Vazifalar: «Presscor” EP ni ishlab chiqish vazifalari quyidagilardan iborat: - Respublika hududida olib borilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari media tadbirlarida OAV xodimlari ishtirokini tashkil etishni 90% avtomatlashitirish, ulardagi OAV xodimlari ishtirokini 100% monitoring qilish; - OAV xodimlari uchun ommaviy tadbirlar onlayn peshtahtasini shakllantirish va ularda ishtirokchilar ro‘yxatini 100% raqamlashtirish; - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilot va idoralarda turli yo‘nalishlarda rejalashtirilgan tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va monitoring qilishni 100 % raqamlashtirish; - jami tadbir ishtirokchilari davomadini 100% onlayn bazasini shakllantirish va nazorat qilish; - OAV xodimlarining tadbirda ishtirok etish ruhsatini QR-code taqdim etish orqali 100% elektronlashtirish; - hujjat almashinuvini 100% elektronlashtirish; - turli xildagi qog‘ozbozlikka 85% chek qo‘yish. |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 01.05.2023 Yakunlash vaqti: 31.12.2023 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. OAV bosh muharrirlari va xodimlarining tadbirga yozilish jarayonini raqamlashtirish. 2. Tadbirga ruxsatnoma beydjiklarni onlayn shakllantirish |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. Статистика қуйи тизими 2. Медиа-тадбирларга рухсат бериш қуйи тизими 3. Онлайн бейджиклар шакллантириш қуйи тизими 4. Ходимлар рўйхати қуйи тизими |
Axborot tizimlari | 1. OneID |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. mehnat.uz |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Yo'q |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: Normativ-huquqiy hujjat nomi: 1. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida” gi 560-II-son Qonuni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2020 yil 24 avgustdagi № 27-son bayonnomasiga asosan. |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi olingach, kiberxavfsizlik xulosasi olinishi ko'zda tutilgan |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Turi: Tashqi hosting |
Server quvvati | Protsessor: 2 Operativ Xotira (RAM): 32 GB Xotira (PZU): 0.032 TB Yadro: 2 Oqimlar: 2 |
Operatsion tizim | 1. CENTOS |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 7.4.30 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими |
Himoya vositalari | 1. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UPS 2. UQM |
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va jurnalistlarning shaxsiy kabinetini yuritib borish axborot tizimi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 2238
Yaratilgan sana: 07.10.2024, 16:40
Tashkilot: Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Mirzohid Mirhosilov
Telefon raqami: +998 71 207 99 95
Email: info@aimc.uz