“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi: (ID: 2337)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi |
Loyihaning to'liq nomi | “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi |
Loyihaning qisqa nomi | Xorijda ish axborot tizimi |
Loyihaning qisqacha tavsifi | Tizim Migratsiya agentligiga va xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilgan mehnat migrantlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish, ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chet elga chiqish va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek, ularni monitoring qilish uchun mo‘ljallangan |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Ha |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: O'zbekiston, Toshkent sh. Olmazor tumani, Qamarniso ko'chasi, 1-uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Sadullayev Bobur Telefon raqami: +998997295034 Email: b.sadullaev@migration.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni va 2024-yil 17-oktyabrdagi PQ-367-son Qarori Normativ-huquqiy asos raqami: PQ-367 va PF-5785, 17.10.2024 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: Mehnat migrantlari, bandlik geografiyasi, ularning faoliyat yo‘nalishlari va turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijdagi vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarni, shu jumladan kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tugatganliklari, olingan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari, ko‘rsatilgan huquqiy va ijtimoiy yordamlar, shuningdek tuzilgan mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qilish; Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, qog‘ozbozlikni 80 foizgacha qisqartirish, fuqarolarning xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar hajmini 2 barobargacha soddalashtirish. Vazifalar: Xorijda ishga joylashish uchun nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reestrini yuritish: dastlabki til imtihonlari natijalari, ishga joylashish holati; • Shaxsiy ma'lumotlarni olish uchun tashqi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qilish; • Tashqi mehnat migratsiyasini har tomonlama tahlil qilish; • Mehnat migratsiyasi sohasida yuqori sifatli va tezkor boshqaruv va qarorlar qabul qilish uchun mehnat muhojirlari haqida umumiy hisobotlarni taqdim etish; • xorijiy davlatlarda talab qilinadigan kasblar, ularni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, ushbu kasblarni o‘rgatuvchi ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish; • idoralararo axborot almashinuvi orqali fuqarolarning chet ellik ish beruvchilar arizasida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini avtomatik baholash (Skoring); • xususiy bandlik agentliklarining xorijiy ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish; |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 18.10.2024 Yakunlash vaqti: 30.01.2025 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | Migratsiya agentligi |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. Kasb hunarga va chet tillariga o‘qish uchun ariza topshirish 2. Xorijda vaqtinchalik mexnat faoliyatini olib borayotgan fuqaroning oila a’zolariga ko‘rsatiladigan yordamni olish uchun ariza yuborish 3. Xorijda vaqtinchalik mexnat faoliyatini olib borayotgan fuqaroga yordam ko‘rsatish uchun ariza yuborish 4. Bo‘sh ish o‘rinlari uchun ariza yuborish 5. Xorijda tashkillashtirilgan mexnat migratsiyasiga ketayotgan fuqaro uchun belgilangan kompensatsiya uchun ariza yuborish |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. Bo‘sh ish o‘rinlari 2. Davlatlar bo‘yicha ish toping 3. O‘quv kurslari |
Axborot tizimlari | 1. «Рақамли ҳукумат»нинг Идоралараро интеграциялашув платформаси; 2. «Рақамли ҳукумат»нинг фойдаланувчиларини идентификациялаш ягона ахборот тизимининг (OneID). |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. Рақамли ҳукуматнинг мавжуд бўлган маълумотномалари ва классификаторлари (cs.egov.uz) дан фойдаланилади; |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами 2. СТИР - Солиқ тўловчининг индивидуал рақами |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Yo'q |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisidagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2024 yildagi PQ-367-son Qarori |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Jarayonda |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Turi: Tashqi hosting |
Server quvvati | Protsessor: Protsessor: Xeon, 3.2 GHz Operativ Xotira (RAM): 16 GB Xotira (PZU): 5 TB Yadro: 8 Oqimlar: 16 |
Operatsion tizim | 1. UBUNTU |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 7.4.30 2. PostgreSQL 7.1.3 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Автоматлаштирилган лойиҳалар тизими |
Himoya vositalari | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Техник алоқа каналлари орқали маълумотларни чиқиб кетишишидан ҳимоялаш тизими 4. Экранлаштирилган кабел 5. Алоқа каналларида юқори частотали фильтрлар 6. Антивирусная программа 7. VPN 8. Тармоқлараро экран 9. Ахборот ҳимоясини таъминлашнинг ўрнатилган воситалари 10. Махсус дастурий таъминот воситалари |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UPS. Ҳимоя тури онлайн, қувват (VA) 1000VA қувват (Vt) 900 Vt. 50% юкланишда иш вақти 11 дақиқа. 100% юкда иш вақти (мин.) 4 дақиқа. Кириш кучланиши 220V. Кириш улагичи 1xIEC-320 C14. Чиқиш улагичлари IEC-C320 C13 8. Интерфейс порти RS-232. Одатда зарядлаш вақти (h) 5 соат |
“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 2337
Yaratilgan sana: 31.01.2025, 14:54
Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Sadullayev Bobur
Telefon raqami: +998997295034
Email: b.sadullaev@migration.uz