“Axborot, noshirlik va matbaa sohasi, shuningdek, OAV faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi darajasini aniqlash va baholashni ta’minlovchi “xavfni tahlil etish” axborot tizimi: (ID: 2355)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги |
Loyihaning to'liq nomi | “Axborot, noshirlik va matbaa sohasi, shuningdek, OAV faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi darajasini aniqlash va baholashni ta’minlovchi “xavfni tahlil etish” axborot tizimi |
Loyihaning qisqa nomi | AOKA_nazorat |
Loyihaning qisqacha tavsifi | Davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha ochiq va shaffof tadbirlarni o‘tkazish, nazorat obyektlari ro‘yxatini kengaytirish, nazorat tadbirlari, jumladan, masofaviy tekshirishlar hajmini oshirish hamda arxiv ishi sohasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish jarayonlari raqamlashtiriladi |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Yo'q |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi 30 uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Mirzohid Mirhosilov Telefon raqami: 8712079995 Email: info@aimc.uz |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 14 noyabrdagi PF-184-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 oktyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-son qarori Normativ-huquqiy asos raqami: PF-184-son , 14.11.2024 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: - Axborot, noshirlik va matbaa faoliyati, shuningdek, OAV sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga oid ma’lumotlari monitoringini 80% raqamlashtirish; - axborot, noshirlik va matbaa faoliyati, shuningdek, OAVlar reytingini onlayn shakllantirish va chek-listda tadbirkorlik subyektiga tegishli ko‘rsatkichlarni kiritishni avtomatlashtirish orqali statistikani hisoblash jarayonidagi inson omilini 70% ga kamaytirish; - hisoblash va hisobotlarni elektron avtomatlashtirish orqali baholash jarayoniga sarflanadigan vaqtni 50% ga qisqartirish; - xavf darajasini baholash va tasniflash natijalarini real vaqt rejimida xatoliklarsiz taqdim etish hamda nazorat va audit samaradorligini 60% ga oshirish; - Huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan tadbirkorlik subektlariga onlayn xabarnoma yuborishni 100% raqamlashtirish. Vazifalar: - Axborot, noshirlik va matbaa sohasi, shuningdek, OAVning Davriy hamda TV va Radio yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini onlayn baholash orqali xavf darajasini belgilash va obyektlarni toifaga bo‘lish; - Tizim orqali chek-listda har bir tadbirkorlik subyuktiga tegishli ko‘rsatkichlarni kiritib chiqish va ochiq reytingni shakllantirish; - Huquqbuzarlik alomatlari mavjud tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini onlayn shakllantirib, Yagona davlat nazorati tizimiga ro‘yxatni yuborish orqali biznes jarayonlarni boshqarish; - Huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi xavf darajasini aniqlash tartibini raqamlashtirish hamda ularni toifalash orqali biznes jarayonlarni maqbullashtirish; - Barcha tadbirkorlik subyektlarining batafsil ma’lumotlari kiritilgan onlayn reyestrini shakllantirish orqali ma’lumotlarni onlayn boshqarish va hisobotlar shakllanishida aniq ko‘rsatkichlarga erishish; - Axborot, noshirlik va matbaa sohasi, shuningdek, OAV yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyat turlari bo‘yicha majburiy talablarga mosligiga ko‘ra o‘zini-o‘zi tekshirish mexanizmlarini joriy qilishni yo‘lga qo‘yish va majburiy talablarga mosligini tekshirish imkonini beruvchi chek-listlarni to‘ldirish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bayonnomalarni shakllantirish va elektron shakldagi bazasini boshqarish; - Huquqbuzarlik alomatlari tahliliy natijalariga ko‘ra xavf darajasi yuqori bo‘lgan subyektlar tomonidan xabarnomadagi ko‘rsatilgan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda vakolatli organ bilan kelishilgan holda tekshiruvlar o‘tkazilish jarayonlarini avtomatlashtirish. |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 14.11.2024 Yakunlash vaqti: 31.12.2024 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. Axborot, noshirlik va matbaa faoliyati hamda OAV sohasida aniqlangan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma, hisobot va xulosalar tuzish 2. Tadbirkorlik subyektlarini xavf guruhlariga ajratish asosida hisobotlarni shakllantirish |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. “Baholash va reytingni shakllantirish” quyi tizimi 2. “Xodimlarni taqsimlash” quyi tizimi 3. “Shaxsiy kabinet” quyi tizimi 4. “Mezonlarni boshqarish” quyi tizimi 5. “Reyestr” quyi tizimi 6. “Hisobotlarni shakllantirish” quyi tizimi 7. "Arxiv" quyi tizimi |
Axborot tizimlari | 1. - Elektron hukumat foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) 2. - “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi 3. - Biznes-ombudsman “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. cs.egov.uz klassifikatoridan foydalaniladi 2. Viloyat va tumanlar kodlari |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами 2. Бошқалар |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Yo'q |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 25.02.2025 yildagi №16-sonli bayoni |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Raqamli texnologiyalar vazirligining xulosasi olingach, kiberxavfsizlik xulosasi olinishi ko'zda tutilgan |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Manzil: Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi 30 uy Turi: Shaxsiy server |
Server quvvati | Protsessor: Intel Xeon X5660, 32GHz Operativ Xotira (RAM): 32 GB Xotira (PZU): 0.016 TB Yadro: 4 Oqimlar: 16 |
Operatsion tizim | 1. UBUNTU |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 6.3.2 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Автоматлаштирилган лойиҳалар тизими |
Himoya vositalari | 1. Техник алоқа каналлари орқали маълумотларни чиқиб кетишишидан ҳимоялаш тизими |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UQM |
“Axborot, noshirlik va matbaa sohasi, shuningdek, OAV faoliyatida qonunchilik buzilishi xavfi darajasini aniqlash va baholashni ta’minlovchi “xavfni tahlil etish” axborot tizimi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 2355
Yaratilgan sana: 12.02.2025, 11:23
Tashkilot: Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Mirzohid Mirhosilov
Telefon raqami: 8712079995
Email: info@aimc.uz