“AgroTarozi” dasturiy ta’minoti Paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari tizimidagi paxta va g‘alla hosilini qabul qilish maskanlarida terib olingan mahsulotlarni elektron tarozilar orqali o‘lchash va ularni hisobini yuritish tizimi: (ID: 2395)
I. Umumiy ma'lumotlar
Tashkilot | Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги |
Loyihaning to'liq nomi | “AgroTarozi” dasturiy ta’minoti Paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari tizimidagi paxta va g‘alla hosilini qabul qilish maskanlarida terib olingan mahsulotlarni elektron tarozilar orqali o‘lchash va ularni hisobini yuritish tizimi |
Loyihaning qisqa nomi | “AgroTarozi” dasturiy ta’minoti |
Loyihaning qisqacha tavsifi | Ushbu loyiha paxta va g‘alla hosilini qabul qilish maskanlarida xom-ashyo, ya’ni paxta va g‘allanining og‘irligini o‘lchash va hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirishga qaratilgan. |
Loyiha turi | Axborot tizimi |
Idoralararo axborot tizimi / resurs | Ha |
Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi | Yo'q |
Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan | Yo'q |
Tashkilotning yuridik manzili | Manzil № 1: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi 2-uy |
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar | FISH: Dilshod Ergashev Telefon raqami: 998933820906 Email: dilshodamazon87@gmail.com |
Yaratish, takomillashtirish uchun asos | Normativ-huquqiy hujjat nomi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2025-yil 7 apreldagi 89-son buyrug'i (1-band. 2-so'zboshi) Normativ-huquqiy asos raqami: 89-son IChB, 07.04.2025 |
Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi | Maqsadlar: Loyihani amalga oshirishdan maqsad Oʼzbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan paxta va gʼalla hom ashyosini hisobini yuritish va yakuniy hisob kitoblarni aniq mezonlar asosida baholashdan iborat. Tizimda elektron tarozilar orqali o‘lchovlar amalga oshiriladi va ushbu o‘lchovlar avtomatik ravishda tizimga uzatiladi. Bu bilan, qabul qilinadigan xom-ashyo haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarni saqlashni, shuningdek, hisoblarni tez va xatoliklardan holi ravishda yuritishni ta’minlash, shu bilan birga barcha o‘lchovlarni va hisob-kitoblarni avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatoliklarni kamaytirish, aniq, tez va xavfsiz ma’lumotlar olish imkoniyatlarini yaratish hamda tizim yordamida barcha jarayonlarni yanada samarali, tez, aniq va xatoliksiz bo‘lishi va operatsion xarajatlarni kamaytirishga, vaqtni tejashga va umumiy jarayonning sifatini oshirishdan iborat. Loyihadagi yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun yagona yondashuv va standartlar asosida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida quyidagi masalalarni yechish imkoniyatini yaratadi: -paxta va g‘alla hosilini qabul qilish maskanlarida paxta va g‘allanining hosilini og‘irligini o‘lchash va hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish; -oʼlchovlarni real vaqt rejimida kuzatib borish; -topshiriladigan paxta va g‘alla xom-ashyosi bo‘yicha monitoring va tahliliy ishlarni amalga oshirish; -topshiriladigan paxta va g‘alla mahsulotlari bo‘yicha shakllanadigan laboratoriya hulosalarini raqamli ko‘rinishga o‘tkazish; -mavsum davomida topshirilgan paxta va g‘alla mahsulotlari bo‘yicha hududlar, fermerlar kesimida elektron hisobotlar shakllantirish hamda statistik tahliliy ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat. Vazifalar: Tizim foydalanuvchilari uchun ma’lumotlarni kiritish va boshqarish uchun interfeysni ishlab chiqish. Paxta va g‘alla qabul qilish maskanlarida hisob kitob jarayonlarini raqamlashtirish. Tizim foydalanuvchisi uchun birlamchi va ikkilamchi o‘lchash jarayonlarini sifatli va aniq amalga oshirish mexanizmini va shu bilan birga o‘lchash vaqtida transport vositasi va yuklarni avtomatik suratga yozib olish jarayonlarini ishlab chiqish. Tizimda laboratoriya hulosalarini taqdim etishni raqamli ko‘rinishga keltirish. Yuk hatlari, yetkazib berilgan hom ashyo va o‘zaro hisob kitoblar uchun ishlatiladigan buxgalteriya tizimlari va boshqa davlat tizimlari bilan integratsiya ishlarini amalga oshirish. |
Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati | Boshlanish vaqti: 07.04.2025 Yakunlash vaqti: 30.06.2025 |
II Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar
Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi | “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati | 1. Paxta va g‘allanining hosilini elektron o‘lchash va hisobini yuritish |
Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari | 1. Ma’lumotlarni boshqarish quyi tizimi 2. Foydalanuvchilar quyi tizimi 3. Hisobotlar quyi tizimi 4. Sozlamalar quyi tizimi 5. Ma’lumotnomalar bazasi quyi tizimi |
Axborot tizimlari | 1. CropAgro AT 2. Hosil-qabuli AT 3. Reagro AT 4. Agroplatforma |
Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar | 1. Manzillar ma'lumotnomasi 2. O‘lchov birliklari klassifikatori 3. Transport turlari klassifikatori 4. O‘zbekiston Respublikasi tumanlari va shaharlari klassifikatori 5. Soliq to‘lovchi turi klassifikatori 6. Yetkazib berish shartlari klassifikatori 7. Yuridik shaxsning holati klassifikatori 8. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi |
Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами 2. Географик код 3. Бошқалар 4. Транспорт воситасининг ID рақами (ВИН) 5. СТИР - Солиқ тўловчининг индивидуал рақами |
III Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar
Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi | Yo'q |
Axborot tizimini ishlab chiquvchi | Yaratuvchi nomi: Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligining 2025-yil 7-apreldagi №89-son buyrug'ining 1-bandi 2-xatboshi |
«Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi | Jarayonda |
IV Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar
Server uskunalarini joylashtirish | Turi: Tashqi hosting |
Server quvvati | Protsessor: не менее Intel® Xeon® Platinum 8593Q Processor (320M Cache, 2.20 GHz) Operativ Xotira (RAM): 48 GB Xotira (PZU): 0.512 TB Yadro: 10 Oqimlar: 1797 |
Operatsion tizim | 1. CENTOS |
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi | 1. PostgreSQL 10.15 2. PostgreSQL 13.1 |
Amaliy dasturiy ta'minot nomi | 1. Автоматлаштирилган иш жойи 2. Омборларни бошқариш тизими (WMS) |
Himoya vositalari | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Техник алоқа каналлари орқали маълумотларни чиқиб кетишишидан ҳимоялаш тизими 4. Экранлаштирилган кабел 5. Экранлаштирилган хона 6. Экранлаштирилган қурилма 7. Тармоқлараро экран 8. Ахборот ҳимоясини таъминлашнинг ўрнатилган воситалари |
Uzluksiz quvvat tizimi | 1. UPS |
“AgroTarozi” dasturiy ta’minoti Paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari tizimidagi paxta va g‘alla hosilini qabul qilish maskanlarida terib olingan mahsulotlarni elektron tarozilar orqali o‘lchash va ularni hisobini yuritish tizimi
Ma'lumotnoma
Ro'yxatga olingan raqami: 2395
Yaratilgan sana: 27.03.2025, 16:17
Tashkilot: Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги
Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:
FISH : Dilshod Ergashev
Telefon raqami: 998933820906
Email: dilshodamazon87@gmail.com