“Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi: (ID: 2081)
I. Умумий маълумотлар
Ташкилот | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti |
Лойиҳанинг тўлиқ номи | “Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi |
Лойиҳанинг қисқа номи | Uzacademy |
Лойиҳанинг қисқача тавсифи | Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻrgatishni nazarda tutuvchi internet platformasi |
Лойиҳа тури | Ахборот тизими |
Идоралараро ахборот тизими / ресурс | Ҳa |
Шахсий маълумотлардан фойдаланади | Йўқ |
Тизим / ресурс мавжуд ва жорий этилган | Йўқ |
Ташкилотнинг юридик манзили | Манзил № 1: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xojib koʻchasi , 103-uy |
Лойиҳани амалга ошириш учун масъул шахслар | ФИШ: S.SH.Sirojiddinov Телефон рақами: +998 71 281-42-44 Email: rector_tsuull@navoiy-uni.uz |
Яратиш, такомиллаштириш учун асос | Норматив-ҳуқуқий ҳужжат номи: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-19-son Qarori Норматив-ҳуқуқий асос рақами: PQ-19-son, 13.04.2024 |
Мақсади, вазифалари ва қўлланиш доираси | Мақсадлар: Loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad xorijiy davlatlardagi taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talaba yoshlar, olimlar va tadqiqotchilarga O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rgatish tizimini tashkil etish uchun zarur shart-sharoit yaratish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish, mamlakatimiz nufuzini yana-da oshirish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilishdan iborat. ATni yaratish maqsadlari quyidagilar: - O‘zbekiston tarixi, madaniyati, sanʼati, etnografiyasi va siyosatini ommalashtirish; - o‘zbek tilini dunyoning istalgan nuqtasidan o‘rganish imkoniyatini yaratish; - statistik ko‘rsatkichlarni elektron yuritish va tegishli hisobotlarni shakllantirishga sarflanadigan vaqtni 70 %ga qisqartirish; - davlat xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish; - platformada taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilishda ortiqcha vaqt sarfi, xarajatlar va byurokratik to‘siqlarni oldini olish; - zaruriy axborot, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, audio va videomateriallarni 100% elektronlashtirish; - mamlakatimiz nufuzini oshirish va turistik oqimlarni jalb qilishdan iborat. Вазифалар: Loyiha asosiy vazifasi quyidagi imkoniyatlardan iborat Internet-platformani ishlab chiqishdir: - taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilish; - xorijda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning yagona bazasini shakllantirish; - zaruriy axborot, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, audio va videomateriallar bilan to‘ldirish; - atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni joylashtirib borish, shuningdek, xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda o‘zbek tili hamda madaniyati o‘qitiladigan «O‘zbekshunoslik» («Uzbek Studies») kafedralarini ushbu filmlar bilan (ingliz va rus tillarida subtitrlari bilan) taʼminlash; - onlayn darslar, maʼruza va taqdimotlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish; - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston tarixi», «Madaniyat va maʼrifat» telekanallari ko‘rsatuvlarini namoyish qilib borish imkoniyatini yaratish; - «Yangi O‘zbekiston — uning tarixi, buguni va kelajagi» mavzusida taqdimot o‘tkazish imkoniyatini yaratish. - taʼlim olish istagini bildirgan foydalanuvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Fanlar akademiyasining Tarix instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari tomonidan masofaviy (onlayn) dars berish imkoniyatini yaratish. |
Топшириққа мувофиқ амалга ошириш муддати | Бошланиш вақти: 12.01.2024 Якунлаш вақти: 30.04.2024 |
II Асосий техник хусусиятлар ҳақида маълумотлар
Лойиҳа-техник ҳужжатларини ишлаб чиқувчи | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
Электрон шаклга ўтказиладиган хизматлар рўйхати | 1. "Oʻzbek tilini oʻrganish uchun onlayn ariza yuborish" xizmati |
Ахборот тизимининг асосий қуйи тизимлари | 1. "Ro’yxatdan o’tish"/avtorizatsiya moduli 2. “O’zbekiston bilan tanishish” moduli 3. “O’zbekiston Prezidenti” moduli 4. “Yangi O’zbekiston” moduli 5. “O’zbek adabiyoti, tarixi, etnografiyasi arxivi” moduli 6. “O’zbek tilini o’qitish uchun onlayn ariza” moduli 7. “O’zbek tilini o’rganish” moduli 8. "Sertifikatlash" moduli 9. "O’zbekiston kinosi" moduli 10. “O’zbekiston musiqasi” moduli 11. “O’zbekiston haqida televideniye” moduli 12. “O’zbekiston haqidagi gazeta va jurnallar” moduli 13. “O’zbekiston Milliy kutubxonasi” moduli 14. “A.Navoiy nomidagi xorijdagi o’zbek tili va madaniyati markazlari” moduli 15. "Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz" moduli 16. Boshqaruv moduli 17. Lug’at moduli 18. Kataloglar moduli 19. "Xorijda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ro'yxati" moduli 20. "Onlayn darslar, ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazish jadvallari" moduli 21. Taqdimotlar moduli 22. Masofaviy (onlayn) imtihon topshirish moduli 23. O‘quv qo‘llanmalar va darsliklar moduli 24. Audio va videomateriallar moduli |
Ахборот тизимлари | 1. Oliy ta'lim tashkilotlari Raqamli kutubxona axborot tizimi 2. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining raqamli kutubxona axborot tizimi 3. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 4. diktant.uz 5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston tarixi”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari 6. Raqamli hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) 7. Coursera 8. Udemy |
Амалий маълумотномалар ва классификаторлар | 1. Davlatlar roʻyxati 2. Millatlar 3. Tillar 4. Tashkilotlar 5. Ta`lim muassasalari 6. cs.egov.uz |
Маълумотлар базасида ишлатиладиган ягона идентификатор | 1. ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами |
III Яратиш, фойдаланиш ва фойдаланишдан чиқариш ҳақидаги маълумотлар
Аутсорсинг хизматларидан фойдаланади | Ҳa |
Ахборот тизимини ишлаб чиқувчи | Яратувчи номи: UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha yagona integrator Ишлаб чиқиш жараёнининг бошланиши ва якунланишини тасдиқловчи ҳужжат: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi PQ-19-son Qarori |
«Киберхавфсизлик маркази» экспертизаси | Yaqin kunlarda kelishish uchun kiritiladi |
IV Сервер ускуналари техник кўрсаткичлари ҳақида асосий маълумотлар
Сервер ускуналарини жойлаштириш | Манзил: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xojib koʻchasi , 103-uy Тури: Шахсий сервер |
Сервер қуввати | Процессор: Intel Xeon Gold 6134 cpu @ 3.20 Ghz Оператив Хотира (RAM): 32 GB Хотира (ПЗУ): 1.028 TB Ядро: 16 Оқимлар: 32 |
Операцион тизими | 1. UBUNTU 2. DEBIAN |
Маълумотлар базасини бошқариш тизими | 1. PostgreSQL 13.1 |
Амалий дастурий таъминот номи | 1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими |
Ҳимоя воситалари | 1. Рақамли видеокузатув тизими 2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими 3. Махсус дастурий таъминот воситалари |
Узлуксиз қувват тизими | 1. (UPS) 600VA with minimum 30 minutes backup; Minimum of 2-meter power cable. Input AC Voltage for main operation: 240 Volts. Output voltage: 240 Volt AC; Surge protections |
“Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi
Маълумотнома
Рўйхатга олинган рақами: 2081
Яратилган санаси: 13.04.2024, 16:33
Ташкилот: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Лойиҳани амалга ошириш учун масъул шахслар:
ФИШ : S.SH.Sirojiddinov
Телефон рақами: +998 71 281-42-44
Email: rector_tsuull@navoiy-uni.uz