“Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi: (ID: 2081)

I.  Umumiy ma'lumotlar

  TashkilotAlisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
  Loyihaning to'liq nomi “Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi
  Loyihaning qisqa nomi Uzacademy
  Loyihaning qisqacha tavsifi Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻrgatishni nazarda tutuvchi internet platformasi
  Loyiha turi Axborot tizimi
  Idoralararo axborot tizimi / resurs Ha
  Shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadi Yo'q
  Tizim / resurs mavjud va joriy etilgan Yo'q
Tashkilotning yuridik manzili

Manzil1:   Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xojib koʻchasi , 103-uy

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar

FISH: S.SH.Sirojiddinov

Telefon raqami: +998 71 281-42-44

Email: rector_tsuull@navoiy-uni.uz

Yaratish, takomillashtirish uchun asos

Normativ-huquqiy hujjat nomi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi “Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-19-son Qarori

Normativ-huquqiy asos raqami: PQ-19-son,   13.04.2024

Maqsadi, vazifalari va qo'llanish doirasi

Maqsadlar: Loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad xorijiy davlatlardagi taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talaba yoshlar, olimlar va tadqiqotchilarga O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rgatish tizimini tashkil etish uchun zarur shart-sharoit yaratish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish, mamlakatimiz nufuzini yana-da oshirish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni xorijiy davlatlarda keng targ‘ib qilishdan iborat. ATni yaratish maqsadlari quyidagilar: - O‘zbekiston tarixi, madaniyati, sanʼati, etnografiyasi va siyosatini ommalashtirish; - o‘zbek tilini dunyoning istalgan nuqtasidan o‘rganish imkoniyatini yaratish; - statistik ko‘rsatkichlarni elektron yuritish va tegishli hisobotlarni shakllantirishga sarflanadigan vaqtni 70 %ga qisqartirish; - davlat xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish; - platformada taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilishda ortiqcha vaqt sarfi, xarajatlar va byurokratik to‘siqlarni oldini olish; - zaruriy axborot, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, audio va videomateriallarni 100% elektronlashtirish; - mamlakatimiz nufuzini oshirish va turistik oqimlarni jalb qilishdan iborat.

Vazifalar: Loyiha asosiy vazifasi quyidagi imkoniyatlardan iborat Internet-platformani ishlab chiqishdir: - taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilish; - xorijda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning yagona bazasini shakllantirish; - zaruriy axborot, o‘quv qo‘llanma, adabiyot, audio va videomateriallar bilan to‘ldirish; - atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni joylashtirib borish, shuningdek, xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda o‘zbek tili hamda madaniyati o‘qitiladigan «O‘zbekshunoslik» («Uzbek Studies») kafedralarini ushbu filmlar bilan (ingliz va rus tillarida subtitrlari bilan) taʼminlash; - onlayn darslar, maʼruza va taqdimotlar o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish; - O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston tarixi», «Madaniyat va maʼrifat» telekanallari ko‘rsatuvlarini namoyish qilib borish imkoniyatini yaratish; - «Yangi O‘zbekiston — uning tarixi, buguni va kelajagi» mavzusida taqdimot o‘tkazish imkoniyatini yaratish. - taʼlim olish istagini bildirgan foydalanuvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, «Ipak yo‘li» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Fanlar akademiyasining Tarix instituti, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari tomonidan masofaviy (onlayn) dars berish imkoniyatini yaratish.

Topshiriqqa muvofiq amalga oshirish muddati

Boshlanish vaqti: 12.01.2024

Yakunlash vaqti: 30.04.2024

II  Asosiy texnik xususiyatlar haqida ma'lumotlar

  Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiquvchi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Elektron shaklga o'tkaziladigan xizmatlar ro'yxati

1"Oʻzbek tilini oʻrganish uchun onlayn ariza yuborish" xizmati

Axborot tizimining asosiy quyi tizimlari

1"Ro’yxatdan o’tish"/avtorizatsiya moduli

2“O’zbekiston bilan tanishish” moduli

3“O’zbekiston Prezidenti” moduli

4“Yangi O’zbekiston” moduli

5“O’zbek adabiyoti, tarixi, etnografiyasi arxivi” moduli

6“O’zbek tilini o’qitish uchun onlayn ariza” moduli

7“O’zbek tilini o’rganish” moduli

8"Sertifikatlash" moduli

9"O’zbekiston kinosi" moduli

10“O’zbekiston musiqasi” moduli

11“O’zbekiston haqida televideniye” moduli

12“O’zbekiston haqidagi gazeta va jurnallar” moduli

13“O’zbekiston Milliy kutubxonasi” moduli

14“A.Navoiy nomidagi xorijdagi o’zbek tili va madaniyati markazlari” moduli

15"Biz ijtimoiy tarmoqlardamiz" moduli

16Boshqaruv moduli

17Lug’at moduli

18Kataloglar moduli

19"Xorijda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o‘qituvchilar ro'yxati" moduli

20"Onlayn darslar, ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazish jadvallari" moduli

21Taqdimotlar moduli

22Masofaviy (onlayn) imtihon topshirish moduli

23O‘quv qo‘llanmalar va darsliklar moduli

24Audio va videomateriallar moduli

Axborot tizimlari

1Oliy ta'lim tashkilotlari Raqamli kutubxona axborot tizimi

2Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasining raqamli kutubxona axborot tizimi

3Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

4diktant.uz

5O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston tarixi”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari

6Raqamli hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz)

7Coursera

8Udemy

Amaliy ma'lumotnomalar va klassifikatorlar

1Davlatlar roʻyxati

2Millatlar

3Tillar

4Tashkilotlar

5Ta`lim muassasalari

6cs.egov.uz

Ma'lumotlar bazasida ishlatiladigan yagona identifikator

1ЖШШИР - Жисмоний шахснинг шахсий идентификация рақами

III  Yaratish, foydalanish va foydalanishdan chiqarish haqidagi ma'lumotlar

  Autsorsing xizmatlaridan foydalanadi Ha
Axborot tizimini ishlab chiquvchi

Yaratuvchi nomi: UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha yagona integrator

Ishlab chiqish jarayonining boshlanishi va yakunlanishini tasdiqlovchi hujjat: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 12 yanvardagi PQ-19-son Qarori

  «Kiberxavfsizlik markazi» ekspertizasi Yaqin kunlarda kelishish uchun kiritiladi

IV  Server uskunalari texnik ko'rsatkichlari haqida asosiy ma'lumotlar

Server uskunalarini joylashtirish

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xojib koʻchasi , 103-uy

Turi:   Shaxsiy server

Server quvvati

Protsessor: Intel Xeon Gold 6134 cpu @ 3.20 Ghz

Operativ Xotira (RAM): 32 GB

Xotira (PZU): 1.028 TB

Yadro: 16

Oqimlar: 32

Operatsion tizim

1. UBUNTU

2. DEBIAN

Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi

1. PostgreSQL 13.1

Amaliy dasturiy ta'minot nomi

1. Бошқаришнинг автоматлаштирилган тизими

Himoya vositalari

1. Рақамли видеокузатув тизими

2. Киришни назорат қилиш ва бошқариш тизими

3. Махсус дастурий таъминот воситалари

Uzluksiz quvvat tizimi

1. (UPS) 600VA with minimum 30 minutes backup; Minimum of 2-meter power cable. Input AC Voltage for main operation: 240 Volts. Output voltage: 240 Volt AC; Surge protections

“Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi

Ma'lumotnoma

Ro'yxatga olingan raqami: 2081

Yaratilgan sana: 13.04.2024, 16:33

Tashkilot:  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Loyihani amalga oshirish uchun mas'ul shaxslar:

FISH : S.SH.Sirojiddinov

Telefon raqami: +998 71 281-42-44

Email: rector_tsuull@navoiy-uni.uz

Reyting:
5 (1)

Loyiha tuzilmasi